O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Qur’oni karim xatmlari bo‘lib o‘tmoqda

 
 

Xabaringiz bor bu yil Muborak Ramazon oyi davomida Samarqand viloyati bo‘yicha jami 115 ta masjidlarda Xatmi Qur’on o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shundan ushbu oyning birinchi va ikkinchi o‘n besh kunligida o‘tkazilishi belgilan masjidlar ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, ular reja asosida o‘z ishlarini davom ettirmoqda. 19 may tunda taroveh namozining 15-si o‘qildi. Birinchi o‘n besh kunlikka mo‘ljallangan 45 ta masjidlarda shu kuni Xatmi Qur’onlar o‘z nihoyasiga yetdi. Xatmi Qur’onlarda ishtirok etgan namozxonlar Qur’oni karim xatmidan so‘ng qilinadigan duolarning ijobatidan umid qilgan holda, ibodatlarni qabul bo‘lishi, tinchlik-ofiyat, fayzu barka va xatolarni mag‘firat etilishini so‘rab duoi xayrlar qildilar

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 20/05/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1133
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/quroni-karim-xatmlari-bolib-otmoqda
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 16:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing