O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

QUR’ONI KARIM MUSOBAQASI YAKUNI

 
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev janoblari 2017 yil 1 sentyabrda “Hazrati Imom” majmuasida davlat, jamoat va diniy soha xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi birgalikda Respublikada ommaviy suratda va turli bosqichlarda Qur’on qiroati musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha topshiriq bergan edilar. Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan yurtimiz bo‘ylab joylarda musobaqaning dastlabki bosqichi (tuman) yuqori saviyada o‘tkazib kelinyapti.

18-21 yanvar kunlari Samarqand viloyatida musobaqaning hududiy bosqichi o‘tkazildi. Musobaqalar Payariq, Pastdarg‘om, Samarqand va Urgut tumanlarida bo‘lib o‘tdi. Payariq tumanidagi “Imom Buxoriy” majmuasidagi musobaqada Payariq, Ishtixon, Oqdaryo va Qo‘shrabot tumani qorilari, Pastdarg‘om tumanidagi “Nurul Islom” masjidida o‘tkazilgan musobaqada Kattaqo‘rg‘on shahri hamda Pastdarg‘om, Nurobod, Kattaqo‘rg‘on, Narpay va Paxtachi tumani qorilari, Samarqand tumani “Imomi A’zam” jome masjidida o‘tkazilgan musobaqada Samarqand shahri, Samarqand, Bulung‘ur, Jomboy, Tayloq tumani qorilari, Urgut tumanida bo‘lib o‘tgan musobaqada Urgut tumani qorilari ishtirok etdilar.

Yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqa jarayonlari ham yuksak ruhda o‘tganini alohida ta’kidlash lozim. Respublikadan tashrif buyurgan Qur’on qiroati ilmida mohir hakamlar ishtirokchilarni munosib baholab bordilar.

Musobaqa jarayonida hifz yo‘nalishida erkaklardan 40 nafar, ayollardan 1 nafar, tilovat yo‘nalishida erkaklardan 298 nafar, ayollardan 91 nafar kishi ishtirok etdi.

Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra quyidagilar musobaqa g‘olibi deb topildi.

1. Payariq tumani “Imom Buxoriy” majmuasida bo‘lib o‘tgan musobaqa yakuni bo‘yicha:

Erkaklar orasida:

Hifz (Qur’onni to‘liq yodlaganlar orasida o‘tkazilgan musobaqa) yo‘nalishida:

18-25 yoshgacha bo‘lgan qorilar orasida:

1-o‘ringa Axmedov Yoqubjon Ismatullo o‘g‘li (Oqdaryo tumani);

2- o‘ringa Mahmudov Shavkat Abdumajidovich (Ishtixon tumani);

26-40 yoshgacha bo‘lgan qorilar orasida:

1-o‘ringa Narzullayev Muxammadqosim Abduvoxid o‘g‘li (Payariq tumani) loyiq topildi.

Tilovat (Qur’onni chiroyli tilovat qiladiganlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa) yo‘nalishida:

18-25 yoshgacha bo‘lgan qorilar orasida:

1-o‘ringa Quvondiqov Ismoil (Payariq tumani);

2-o‘ringa Raxmonov Abdullo (Payariq tumani);

3-o‘ringan Nuriddinov Jahon (Payariq tumani) munosib ko‘rildi.

26-40 yoshgacha bo‘lgan qorilar orasida:

1-o‘ringa Bahodirov Donyor (Payariq tumani);

2-o‘ringa Temirov Hasan (Ishtixon tumani);

3-o‘ringan Qo‘nishov Ibodullo (Qo‘shrabot tumani) munosib ko‘rildi.

Ayollar orasidan:

Tilovat (Qur’onni chiroyli tilovat qiladiganlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa) yo‘nalishida:

18-25 yoshgacha bo‘lgan qoriyalar orasida:

1-o‘ringa Narzullayeva Mohiro‘y (Payariq tumani);

2-o‘ringa Bahromova Saida (Ishtixon tumani);

3-o‘ringa O‘roqava Muattarxon (Payariq tumani) munosib ko‘rildi.

26-40 yoshgacha bo‘lgan qoriyalar orasida:

1-o‘ringa Abdiyeva Muhayyo (Payariq tumani);

2-o‘ringa Narzullayeva Mahbuba (Payariq tumani);

3-o‘ringan Ulasheva Madina (Payariq tumani) munosib ko‘rildi.

2. Pastdarg‘om tuman “Nurul Islom” masjidida bo‘lib o‘tgan musobaqa yakuni bo‘yicha:

Erkaklar orasidan:

Hifz (Qur’onni to‘liq yodlaganlar orasida o‘tkazilgan musobaqa) yo‘nalishida:

18-25 yoshgacha bo‘lgan qorilar orasida:

1-o‘ringa Xushvaqtov Ahmadjon (Paxtachi tumani);

2- o‘ringa Zubaydullayev Rahmatulloh (Kattaqo‘rg‘on tumani);

26-40 yoshgacha bo‘lgan qorilar orasida:

1-o‘ringa G‘aniyev Muhammadjon (Kattaqo‘rg‘on tumani)

2-o‘ringa Abdurahmonov Habibulloh (Kattaqo‘rg‘on tumani)

3-o‘ringa Yoshuzoqov Abdumalik (Kattaqo‘rg‘on tumani) loyiq topildi.

Tilovat (Qur’onni chiroyli tilovat qiladiganlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa) yo‘nalishida:

18-25 yoshgacha bo‘lgan qorilar orasida:

1-o‘ringa Qurbonov Abdullo (Pastdarg‘om tumani);

2-o‘ringa Temirov Mahmudjon (Narpay tumani);

3-o‘ringan Musayev Jaloliddin (Kattaqo‘rg‘on tumani) munosib ko‘rildi.

26-40 yoshgacha bo‘lgan qorilar orasida:

1-o‘ringa Jo‘rayev Ibrohim (Kattaqo‘rg‘on shahar);

2-o‘ringa Begimqulov Tursun (Pastdarg‘om tumani);

3-o‘ringan Jo‘rayev Shaxboz (Kattaqo‘rg‘on shahar) munosib ko‘rildi.

Ayollar orasidan:

Hifz (Qur’onni to‘liq yodlaganlar orasida o‘tkazilgan musobaqa) yo‘nalishida:

26-40 yoshgacha bo‘lgan qoriyalar orasida

1-o‘ringa Zoirova Nafisa (Nurobod tumani) munosib topildi.

Tilovat (Qur’onni chiroyli tilovat qiladiganlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa) yo‘nalishida:

18-25 yoshgacha bo‘lgan qoriyalar orasida:

1-o‘ringa Sattorova Shohida (Pastdarg‘om tumani);

2-o‘ringa Toshpo‘latova Sarvinoz (Kattaqo‘rg‘on tumani);

3-o‘ringan Aliyeva Hosiloy (Narpay tumani) munosib ko‘rildi.

26-40 yoshgacha bo‘lgan qoriyalar orasida:

1-o‘ringa Ro‘ziyeva Sevara (Narpay tumani);

2-o‘ringa Boyqobilova Kubaro (Kattaqo‘rg‘on tumani);

3-o‘ringan Meyliyeva Erkatosh (Kattaqo‘rg‘on shahar) munosib ko‘rildi.

3. Urgut tumanida bo‘lib o‘tgan musobaqa yakuni bo‘yicha:

Erkaklar orasidan:

Hifz (Qur’onni to‘liq yodlaganlar orasida o‘tkazilgan musobaqa) yo‘nalishida:

18-25 yoshgacha bo‘lgan qorilar orasida:

1-o‘ringa G‘aybullayev Abdujabbor;

2- o‘ringa Asrorov Jahongir;

3 -o‘ringa Amonov Ikrom loyiq topildi

26-40 yoshgacha bo‘lgan qorilar orasida:

1-o‘ringa Tursunov Asqar;

2-o‘ringa Hasanov Narzullo;

3-o‘ringa Nabiyev Nurillo loyiq topildi.

Tilovat (Qur’onni chiroyli tilovat qiladiganlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa) yo‘nalishida:

18-25 yoshgacha bo‘lgan qorilar orasida:

1-o‘ringa Ochilov Mehrojiddin;

2-o‘ringa G‘iyosov Otabek;

3-o‘ringa Fazliddinov Bobirmirzo munosib ko‘rildi.

26-40 yoshgacha bo‘lgan qorilar orasida:

1-o‘ringa Fayziyev G‘olib;

2-o‘ringa Hasanov Abdug‘ani;

3-o‘ringan G‘afforov Muhammad munosib ko‘rildi.

Ayollar orasidan:

Tilovat (Qur’onni chiroyli tilovat qiladiganlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa) yo‘nalishida:

18-25 yoshgacha bo‘lgan qoriyalar orasida:

1-o‘ringa Xushvaqtova Sayyora;

2-o‘ringa Alimova Nodira;

3-o‘ringa Qutbiddinova Mubina munosib ko‘rildi.

26-40 yoshgacha bo‘lgan qoriyalar orasida:

1-o‘ringa Axtamova Dildora;

2-o‘ringa Qodirova Dinora;

3-o‘ringa Otabekova Muharram munosib ko‘rildi.

4. Samarqand tuman “Imomi A’zam” masjidida bo‘lib o‘tgan musobaqa yakuni bo‘yicha:

Erkaklar orasidan:

Hifiz (Qur’onni to‘liq yodlaganlar orasida o‘tkazilgan musobaqa) yo‘nalishida:

18-25 yoshgacha bo‘lgan qorilar orasida:

1-o‘ringa Temirov Hamzaxon (Tayloq tumani);

2- o‘ringa Shokirxonov Ibrohimxon (Tayloq tumani);

3-o‘ringa Yusupov Javohir (Tayloq tumani) munosib topildi.

26-40 yoshgacha bo‘lgan qorilar orasida:

1-o‘ringa Hoshimxonov Avazxon (Bulung‘ur tumani)

2-o‘ringa Sharipov Ilhom (Samarqand shahri)

3-o‘ringa Haydarov Yahyo (Samarqand shahri) loyiq topildi.

Tilovat (Qur’onni chiroyli tilovat qiladiganlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa) yo‘nalishida:

18-25 yoshgacha bo‘lgan qorilar orasida:

1-o‘ringa Boboxonov Boboxon (Samarqand shahri);

2-o‘ringa Ravshanov Olovuddin (Bulung‘ur tumani);

3-o‘ringan Xoshimov Oyatulloxon (Bulung‘ur tumani) munosib ko‘rildi.

26-40 yoshgacha bo‘lgan qorilar orasida:

1-o‘ringa Hamdamov Firdavs (Samarqand tumani);

2-o‘ringa Hamroyev Aziz (Samarqand shahri);

3-o‘ringan Haqberdiyev Shohruh (Jomboy tumani) munosib ko‘rildi.

Ayollar orasidan:

Tilovat (Qur’onni chiroyli tilovat qiladiganlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa) yo‘nalishida:

18-25 yoshgacha bo‘lgan qoriyalar orasida:

1-o‘ringa Nuriddinova Zahroxon (Tayloq tumani);

2-o‘ringa Fayzullayeva Yulduz (Tayloq tumani);

3-o‘ringan Hamdamova Sharifa (Tayloq tumani) munosib ko‘rildi.

26-40 yoshgacha bo‘lgan qoriyalar orasida:

1-o‘ringa Imomova Mohigul (Samarqand shahri);

2-o‘ringa Po‘latova Amina (Samarqand shahri);

3-o‘ringan Abdurahmonova Robiya (Jomboy tumani) munosib ko‘rildi.

G‘oliblar O‘zbekiston musulmonlari idorasining maxsus diplomi hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Hozirda musobaqaning viloyat bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari olib borilmoqda.


Kiritilgan vaqti: 23/01/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1693
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/quroni-karim-musobaqasi-yakuni
Chop etilgan vaqti: 02/10/2020 00:36
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing