QURBON HAYITI OLDIDAN
2016 yil 10 sentyabr kuni Samarqand tuman Urganji mahallasida “Istiqlol in’om etgan ne’matlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova, tuman bosh otinoyisi A.Rahmatova ishtirok etib, istiqloldek nurafshon kunlar shukronasida bo‘lish lozimligi, ushbu baqt esa bevosita Respublikamiz birinchi prezidenti Islom Karimov nomi bilan bog‘liq ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Tadbirda Qurbon hayiti munosabati bilan kam ta’minlangan oilalarga otinoyilar tomonidan bayram sovg‘alari ulashildi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 10/09/2016 00:00; Ko‘rilganligi: 3347
Chop etilgan vaqti: 17/01/2025 08:46