O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Qayerda bo‘lsang ham Allohga taqvo qil

 
 

Bugun dunyo xalqlari Yer kurrasining istalgan nuqtasiga borib, o‘zining iqtidoriga munosib ish topib, mehnatiga yarasha haq olish imkoniga ega bo‘lmoqda. Jumladan, yurtimiz istiqlolga erishib, jahonga yuz tutgach, vatandoshlarimiz ham dunyoning istalgan mamlakatiga borish, u yerda istiqomat qilish, tijorat qilish va ishlash huquqiga ega bo‘ldilar. Xorijda istiqomat qilayotgan yoki ish, o‘qish maqsadida chet elga ketgan yurtdoshlarimiz dinimiz ta'limotlariga amal qilib, namozlarini mazhabimiz asosida ado etishlari, musofirlikka oid hukmlar, halol-harom masalalarini yaxshi bilishlari zarur. Har xil firqa, oqimlarning aldovlariga uchib, tuzog‘iga ilinib qolmasligi kerak. Buning uchun fuqarolarimizda mazhab, milliylik kabi tushunchalar mujassam bo‘lishi talab etiladi.

Pastdarg‘om tumani “Mulla Ahror” jome masjidi imom-xatibi Sangin domla Ashurov xorijga uzoq muddatga ketayotgan va xorijda bo‘lib qaytgan fuqarolar bilan o‘z yurtiga sodiqlik, to‘g‘ri, halol kasb qilish, dinimiz hamda mazhabimiz asoslarida ibodat qilishlari borasida nasihat qilib kelmoqda. Zero, Alloh taolo inson zotini azizu mukarram qilib yaratdi, bu dunyoni unga hayot kechirish makoni, tirikchilik vositasi, oxirat ekinzori qilib berdi. Insoniyatni turli millat, elat qilib yaratib, ularga bir-biri bilan yaxshilik yo‘lida, tinchlik yo‘lida o‘zaro munosabat qilishni ravo ko‘rgandir.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 25/11/2019 14:00;   Ko‘rilganligi: 991
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/qaerda-bolsang-ham-allohga-taqvo-qil
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 03:28
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing