Qadr kechasi tarovati
31 may kuni Ramazonning 26-kechasidan 27-kechasiga o‘tar kechasi butun dunyo musulmonlari “Laylatul qadr” kechasini kutib oldi. Bu kecha Ramazonning oxirgi o‘n kunligidagi toq kechalaridandir. Sahih hadis bilan Rasululloh solallohu alayhi vasallam: “Qadr kechasini Ramazonning oxirgi o‘n kunligi toq kunlaridan izlanglar”, deya marhamat qilganlar. Shu bilan birga ko‘pchilik ulamolar nazdida Laylatul Qadr kechasi Ramazonning 26-kunidan 27-kuniga o‘tar kechasidir. Samarqand viloyatidagi jome masjidlarda ham bu kechadagi taroveh namozlari zavq bilan o‘tdi. Masjid imom-xatibilarining takliflariga binoan ko‘plab ulamolar, imom-xatiblar masjidlarning jamoatini ulug‘ bayramlar bilan tabriklagani tashrif buyurdilar. Bu ulug‘ kechaning fazli, darajotlari haqida zarur mav’izalar qildilar. Ayniqsa, O‘zbekiston musulmonlari iodorasi raisining o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansurning Imom Buxoriy jomesiga tashrifi ushbu kechaga o‘zgacha fayz baxsh etdi.
Alhamdulillah, yurtimiz tinch, kundan-kunga yaxshiliklar ziyoda bo‘lib bormoqda. Ana shunday o‘lkada ibodatda, duoda bardavom qilgan Allohga behisob shukronalarni aytamiz! Xalqimizga, yurtimiz osoyishtaligiga ko‘z tegmasin! Omin!
Taroveh namozlaridan foto lavhalar
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 01/06/2019 00:00; Ko‘rilganligi: 1322
Chop etilgan vaqti: 04/12/2024 14:26