O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Prezidentimiz Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

 
 

Shu kunlarda Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi.

Bugun, 22 yanvar kuni tongda Prezidentimiz boshchiligidagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.

O‘tganlar xotirasiga Qur'oni karim oyatlari tilovat qilinib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari tomonlaridan Alloh taolodan yurtimizga tinchlik-farovonlik, xalqimizga salomatlik va saodat tilab duo o‘qildi.

O‘MI Smarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 22/01/2021 13:58;   Ko‘rilganligi: 1122
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/prezidentimiz-bahouddin-naqshband-maqbarasini-ziyorat-qildi
Chop etilgan vaqti: 05/11/2025 03:31
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing