O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Pastdarg‘om tumani imom-xatiblari tashabbus ko‘rsatishdi

 
 

1 noyabr kuni viloyatning Pastdarg‘om tumani imom xatiblari tashabbusi bilan tuman xalq ta’limi bo‘limi, Yoshlar ittifoqi tuman kengashi bilan hamkorlikda tumandagi 125 ta maktabda “Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir” mavzusida o‘quvchilar bilan muhim uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tadbirlarga hoji ota va hoji onalar, otinoyilar ham jalb qilindi.

Uchrashuvlar davomida ilmning ahamiyati, ustozga, ota-onaga hurmat, yurtning ertasi uchun daxldorlik hissini uyg‘otish, yetuk inson bo‘lib yetishishga intilish bo‘yicha nasihatlar qilindi.

Suhbatlar asnosida o‘quvchilar bilan savol-javoblar o‘tkazildi. Chiroyli savol berganlar va imomlar tomonidan berilgan savollarga qoniqarli javob bergan o‘quvchilarga 130 dona kitob tarqatildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 01/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 936
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/pastdargom-tumani-imom-xatiblari-tashabbus-korsatishdi
Chop etilgan vaqti: 25/09/2020 04:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing