O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

O‘zbekistonlik qorilarning Madinadagi musobaqada ishtiroki xususida

 
 

Avval xabar berganimizdek, 3 oktyabr O‘zbekiston qorilari – Toshkent islom instituti “Tahfizul Qur’on” kafedrasi mudiri Jahongir qori Ne’matov, institutning 4 kurs talabasi “O‘zbekiston Qur’on musobaqasi 2018” mutlaq g‘olibi Yo‘ldoshbek qori Nuriddinov hamda “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi Abdurrahmon qori So‘fiyev Saudiya Arabistonining Madina shahrida bo‘lib o‘tadigan nufuzli xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun jo‘nab ketgan edilar.

Kecha, 5 oktyabr kuni saralash bosqichi amalga oshirilib, Jahongir qori Ne’matov ushbu musobaqada kuzatuvchi hakam sifatida ishtirok etmoqda.

Saralash natijasi bugun e’lon qilinib, unga ko‘ra qorilarimiz Yo‘ldoshbek qori Nuriddinov, hamda Abdurrahmon qori So‘fiyev shu kun musobaqaga kirishishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqa Masjidun-Nabaviyda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu musobaqa Muhammad sollallohu alayhi va sallamning masjidlarida 40 yildan beri ilk bor o‘tkazilmoqda.

Musobaqa 6-11 oktyabr kunlari – olti kun mobaynida bo‘lib o‘tadi. Qori yurtdoshlarimizning ilmiga Allohdan baraka so‘rab duo qilishingizni so‘rab qolamiz.

Musobaqa tafsilotlari bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin:

Manba: muslim.uz


Kiritilgan vaqti: 08/10/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 822
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ozbekistonlik-qorilarning-madinadagi-musobaqada-ishtiroki-xususida
Chop etilgan vaqti: 23/09/2020 06:27
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing