O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Yil odami
«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, an’anaga ko‘ra, yakunlanayotgan yil yakunlari bo‘yicha odamlarning ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish maqsadida mamlakatimiz aholisi o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. Bu O‘zbekiston musulmonlari idorasining “muslim.uz” sayti O‘zA ga asoslanib xabar beradi.
So‘rovda mamlakatimizning barcha viloyat va hududlarida istiqomat qilayotgan turli ijtimoiy toifalar, etnik guruhlar, konfessiya va kasblarga mansub 18 dan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ishtirok etdi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, fuqarolarimizning mutlaq aksariyati (90,5 foizi) uchun 2017 yil farovonlik yili, o‘zi va oilasi hayotida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bergan yil sifatida esda qoladi. Yangi yilni O‘zbekiston aholisi yaxshi, ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olmoqda. Fuqarolarning 83 foizi o‘zlarini baxtli his qilmoqda, deyiladi so‘rov natijalarida.
Respondentlarning 80 foizidan ortig‘i kirib kelayotgan 2018 yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili yanada muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonch bildirgan
Ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Yil odami sifatida e’tirof etilgan.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 02/01/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 2045
Chop etilgan vaqti: 13/10/2024 07:10