O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi
Samarqand viloyat bosh imom xatibligi 1977 yilda tashkil topgan. Viloyat bosh imom xatibligi lavozimiga Ulamolar hay’ati tomonidan Samarqand shahar “Xo‘ja Zudmurod” jome masjidi imom xatibi Mustafoqul Melikzoda tayinlangan. Mustafoqul Melikzoda Samarqand viloyat bosh imom xatibligi faoliyatini 1977 yildan 2000 yilga qadar “Xo‘ja Zudmurod” jome masjididan turib olib borgan.
2000 yildan boshlab viloyat bosh imom xatibligi lavozimiga “Imom Buxoriy” jome masjidi imom xatibi Usmonxon Alimov tayinlangan hamda shu davrdan boshlab viloyat bosh imom xatibligi “O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi” deb yuritila boshlagan. 2000 yildan 2002 yilga qadar viloyat vakilligi viloyat hokimligi binosida faoliyat yuritgan. 2002 - 2005 yillar oralig‘ida Samarqand shahar “Xo‘ja Abdu Darun” jome masjidning to‘rtta xonasi viloyat vakilligi uchun ajratilgan.
2005 yilda Usmonxon Alimov tomonidan homiylarni jalb qilgan holda Samarqand shahar Dahbed ko‘chasida viloyat vakilligi uchun alohida bino qurib ishga tushirildi. Hozirgi paytda viloyat vakilligi mazkur binoda faoliyat olib bormoqda. Bino har jihatdan zamon talabiga javob beradi.
Viloyat vakilligida 13 nafar xodim faoliyat olib boradi.
Bugungi kunda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakili, viloyat bosh imom xatibi Nuriddinxon Islamov. Samarqand viloyat vakilligi tasarrufida 285 ta rasmiy masjidlar mavjud. Barcha masjidlarda malakali mutaxassislar faoliyat olib bormoqdalar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 28/01/2016 00:00; Ko‘rilganligi: 3743
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 22:04