O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Samarqand viloyati Jomboy tumani “Islomobod” jome masjidiga tashrif buyurdilar

 
 

Kuni kecha 10 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov bilan birgalikda Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “Islomobod” jome masjidida olib borilayotgan bunyodkorlik va rejalashtirilgan ta'mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

“Islomobod” jome masjidida ta'mirlash ishlarini milliy va zamonaviy me'morchilik an'analariga to‘la mos holda amalga oshirish yuzasidan muftiy hazratlari alohida yo‘nalishlar va tavsiyalar berdilar. Tashrif so‘ngida muftiy hazratlari mazkur qurilish ishlari uchun duoi fotiha berdilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 11/01/2021 16:54;   Ko‘rilganligi: 738
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ozbekiston-musulmonlari-idorasi-raisi-muftiy-usmonxon-alimov-hazratlari-samarqand-viloyati-jomboy-tumani-islomobod-jome-masjidiga-tashrif-buyurdilar
Chop etilgan vaqti: 24/04/2024 09:03
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing