O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

O‘ZBEKISTON BO‘YLAB SYOYOHAT QIL

 
 

Ushbu shior ostidagi dastur asosida O‘zbekiston musulmonlari iodarasi Samarqand viloyat vakilligi tashabbusi bilan Shahrisabz tumaniga 24 mart kuni sayohat uyushtirildi. Samarqand viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida viloyatdagi shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda faxriy ustoz imomlar sayohatda qatnashdilar.

Sayohat chog‘ida Shahrisabz shahrining shimoli-sharqidagi bosh maydonda joylashgan, Amir Temur 1380-1404 yillarda qurdirgan Oqsaroy majmuasi, Amir Temurning otasi Amir Tarag‘ayning piri Shamsuddin Kulol qabri uzra XV asrda qurilgan Shamsuddin Kulol maqbarasi, Ulug‘bek Mirzo otasi Shohrux Mirzo nomidan 1434-1435 yillarda qurdirgan Ko‘k gumbaz masjidi hamda mana shu majmuadagi “Dor ut-Tilovat” (Qur’on o‘qiladigan, tilovat qilinadigan joy)lar ziyorat qilindi.

Samarqandlik ziyoratchilar shundan so‘ng Qashqadaryo viloyatining Kitob shahrida joylashgan “Xo‘ja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurti va jome masjidida bo‘lib, u joydagi ustoz va talabalar hamda namozxonlar bilan dildan suhbat qurdilar. Bu shaharlarda keyingi vaqtlarda amalga oshirilgan bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlarini ko‘rib, kishining qalbi to‘lqinlanib ketadi. Oqsaroy qarorgohining qayta ta’mirlanib, saylgohga aylantirilishi, atrofida ko‘kalamzor va bog‘lar barpo qilingani shahar qiyofasini tanib bo‘lmas darjaga keltirgan. Bular ziyoratchilarda katta ta’surotlar qoldirdi.

Sayr qilish mulohazali odamga katta manfaatlar keltiradi. Inson yer yuzida kezib yurarkan, atrofiga ibrat bilan nazar solganida, ko‘plab ajoyibotlarni ko‘radi, zehni charxlanib-yangilanadi. Ushbu sayohatdan katta manfaat olgan din ulamolarining ham keyingi ishlari yanada samarali bo‘ladi, inshaalloh!

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 24/03/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1626
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ozbekiston-boylab-sayohat-qil
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 22:34
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing