O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Oxirgi mashg‘ulotlar o‘tkazildi

 
 

28 dekabr payshanba kuni imom xatiblar uchun tashkil etilgan “ma’naviyat soat”larining 2017 yildagi oxirgi mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlarda “Mehr va muruvvat – milliy fazilatimiz” mavzusida ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar va tuman bo‘limi rahbarlari tomonidan imom xatiblar bilan suhbat o‘tkazildi.

Shuningdek, bosh imomlar tomonidan yil davomida olib borilgan ishlar sarhisobi bo‘yicha imom xatiblarga ma’lumotlar berildi. Erishilgan yutuqlar, kamchiliklar borasida to‘xtalib o‘tildi. Xulosalar chiqarildi, yangi yil uchun rejalar muhokama etildi.

Odatga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining qalamiga mansub “So‘ragan edingiz” hamda marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahmatullohi alayning “Kifoya” kitobidan ma’lum miqdor o‘qilib, mulohazalar yuritildi.

Ta’kidlash lozimki, ropparosa bir yildan beri davom etib kelayotgan “ma’naviyat soat”lari natijasi o‘laroq imom xatiblarimizning diniy bilimlari bir muncha o‘sdi va viloyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarga nisbatan faolliklari sezilarli darajada jonlandi, bu boradagi ko‘nikma va tajribalari mustahkamlandi.

“Ma’naviyat soat”larini yangi 2018 yilda yangi ruh, yangi ma’lumotlar asosida yanada sermahsul tarzda olib borish rejalashtirilgan.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 28/12/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1996
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/oxirgi-mashgulotlar-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 19:27
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing