O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Otinoyilarga guvohnomalar topshirildi

 
 

Otinoyilarning kasbiy mahoratini, bilim-saviyalarini  oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlarining tashkil etilishi biz otinoyilarga juda yaxshi imkoniyat bo‘ldi. O‘quv mashg‘ulotlaridan so‘ng test sinovlaridan muvaffakiyatli o‘tgan viloyatimizning 847 nafar otinoyilar sertifikatni qo‘lga kiritib, faoliyat yuritayotganlari haqida oldinroq xabar bergan edik.

Mazkur otinoyilarimiz joriy yilning  20-23 iyun kunlari Respublika komissiyasida imtixondan o‘tkazildilar. Imtixon natijalariga ko‘ra 550 nafar otinoyilarimiz O‘MI ning otinoyilik faoliyatini yuritish bo‘yicha guvohnomalariga sazovor bo‘ldilar. Ushbu guvohnomalar 7 iyul kuni viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov ishtirokida Samarkand shaxrining 139 nafar otinoyilariga topshirildi. Bu esa o‘z navbatida otinoyilarimiz zimmasidagi mas'uliyatni yanada oshiradi. 

Alloh taolo otinoyilarimizga xalqimizning ma'naviy-ma'rifiy dunyoqarashlarini boyitish yo‘lida sarf etayotgan beminnat mehnat, xizmat  va vaqtlarining ajru mukofotini ziyoda qilsin.

N. Temirova - O‘MI Samarkand viloyati bosh imom xatibining xotin-kizlar masalalari buyicha maslaxatchisi


Kiritilgan vaqti: 08/07/2020 18:33;   Ko‘rilganligi: 843
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/otinoyilarga-guvohnomalar-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 18:30
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing