O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Otinoyilar uchun tashkil etilgan o‘quvlarning 7-bosqichi boshlandi

 
 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi  huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tomonidan otinoylar uchun tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarining 7-davra tinglovchilari mashg‘ulotlarni bugun, 23 dekabr kuni boshladilar. Mashg‘ulotlar 2 hafta  davom etib, unda 72 soat dars o‘quvlari bo‘ladi. Yangi tinglovchilar bilan Samarqand viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yo.Mansurov, O‘XIA huzuridagi Malaka oshirish markazi mintaqaviy filial xodimi T.Evadullayevlar mashg‘ulotlardan oldin uchrashib, ular bilan ilmning fazilati, sof islom aqidasi tushunchasi, bid'at-xurofotlarning salbiy oqibatlari haqida suhbatlashdi. Tahsil jarayonida e'tibor va qunt bilan ishtirok etishlarini so‘rab, Alloh taolodan mas'uliyatli vazifalarini ado etishda kuch-quvvat ato etishini so‘rab, duo qildi.

Shundan so‘ng Malaka oshirish markazi mas'ul xodimi U.Sattarov otinoyilarga o‘quvlarni tashkil etilishi va Malaka oshirishi markazi faoliyati haqida ma'lumot berdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 23/12/2019 14:27;   Ko‘rilganligi: 898
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/otinoyilar-uchun-tashkil-etilgan-oquvlarning-7-bosqichi-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 13/05/2024 22:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing