O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Otinoyilar uchun bir kunlik o‘quv seminari tashkil qilindi

 
 

Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan otinoyilar uchun bir kunlik o‘quv seminari o‘tkazildi. Tadbir Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari, Payariq, Pastdarg‘om hamda Jomboy tumanlarida tashkil etildi. O‘quv seminari davomida otinoyilarimiz "Mahallalarda ayollar orasida radikallashuvning oldingi olish va ularning ijtimoiy faolliklarini oshirish", "To‘qima hadis aytishning hukmi. Fatvo berishga kim haqli?", "Ta'ziya marosimiga xos odoblar" kabi dolzarb mavzular bo‘yicha yetarli bilim va malakaga ega bo‘ldilar.

Ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlarda imom-xatiblarimiz va Vazirlar mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita hududiy boshqarmasi yetakchi mutaxassislari ishtirok etishdi. Otinoyilarimiz mavzularga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 01/05/2023 16:12;   Ko‘rilganligi: 721
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/otinoyilar-uchun-bir-kunlik-oquv-seminari-tashkil-qilindi
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 13:53
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing