O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Oliy ta’lim muassasalarida muhim uchrashuvlar

 
 

Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi, Vazirlar mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarida “Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish” mavzusida diniy ulamolar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Bevosita ushbu uchrashuvlar Samarqand viloyatida ham yuqori kayfiyatlarda o‘tkazilyapti.

Kuni kecha Samarqand davlat universitetida, bugun, ya’ni 2 noyabr kuni Samarqand davlat arxetiktura va qurilish institutida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar bilan mazkur mavzudagi uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tadbirda ma’ruzachi sifatida ishtirok etgan viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari Yo.Mansurov tomonidan jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, millatlar va dinlararo hamjihatlikni mustahkamlash, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashning dolzarb yo‘nalishlari, ogohlik va hushyorlikni oshirish kabi mavzularda ma’ruzalar qilinib, muhokamalar olib borildi.

Uchrashuvlar qolgan Oliy ta’lim muassasalarida ham davom ettiriladi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 02/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 758
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/oliy-talim-muassasalarida-muhim-uchrashuvlar
Chop etilgan vaqti: 29/09/2020 07:10
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing