O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

OILALAR QO‘RG‘ONI MUSTAHKAM BO‘LSIN

 
 

Oldin xabar berilganidek, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi hamda viloyat Adliya boshqarmasi hamkorligida joylardagi FHDYO bo‘limlari qoshida tashkil etilgan “Yosh oila quruvchilar maktabi” hamda “Oila Dorulfununi” maxsus o‘quv kurslarida mashg‘ulotlar izchil davom etmoqda.

Jamiyatimizda qurilayotgan oilalarning mustahkamligini ta’minlash, ajrimlarning oldini olish, baxtiyor oilalar sonini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu o‘quv kurslari har haftaning seshanba kuni viloyat bo‘ylab FHDYO bo‘limlarida turmush qurish uchun ariza bilan murojaat qilgan yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvda hayot tajribasiga ega, chuqur bilimli imom xatiblar yosh oila quruvchilarga oila mas’uliyati, er-xotinning huquqlari, burch va vazifalari, poklik, umr hoyu-havasdan iborat emasligi kabi muhim masalalar bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar.

Quyida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlardan fotolavhalarni e’tiboringizga havola etamiz.


Kiritilgan vaqti: 28/11/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2151
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/oilalar-qorgoni-mustahkam-bolsin
Chop etilgan vaqti: 09/11/2024 05:33
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing