“Oila muqaddas dargoh” va “Tarbiyada oila boshlig‘ining roli”
Samarqand garnizoniga qarashli harbiy qismlardan birida “Ma'naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” munosabati bilan “Oila muqaddas dargoh” va “Tarbiyada oila boshlig‘ining roli” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda harbiy xizmatchilarning oilalari o‘rtasida milliy qadriyatlarni, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularda oila madaniyati va odobini saqlash, kamol topayotgan farzandlarning tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, har tomonlama komil oilani shakllantirish kabi mavzularda suhbat bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqganlar O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N.Temirova, Samarqand shaxar “Damariq” jome masjidi imom xatibi Abdumannonov Nursulton, Samarqand shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi xodimasi Gulbahor Husainova o‘z fikr muloxazalarini bayon etib, mavzuga doir tushunchalar berib o‘tdilar. Shundan so‘ng Samarqand Chet tilllar instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari Ozoda Yadgarova hamda Shahnoza Mardiyevalar tomonidan harbiy xizmatchilarning ruhan barqarorlashtirishga qaratilgan meditatsion psixologik treninglar o‘tkazilib psixologik maslahatlar berib o‘tdilar. Tadbirning ikkinchi qismida Harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan “Farzandim kelajagiga befarq emasman” mavzusida kichik sahna ko‘rinishi barchani chuqur mulohazaga tortdi. Tadbir davomi harbiy xizmatchilar tomonidan kuylangan kuy va qo‘shiqlarga ulandi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 06/11/2020 15:39; Ko‘rilganligi: 1278
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 10:00