O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

O‘CHMAS XOTIRA

 
 

2 sentyabr. Ushbu sana xalqimiz ongida o‘chmas xotira sifatida saqlanib qolgan. Ushbu kunda xalq qahramoni, yurtimizni istiqlol sari boshlagan buyuk yo‘lboshchi, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov dunyo hayotidagi so‘ngi manzilga kuzatilgan kundir.

Bugun mamlakatimizda Birinchi Prezidentimiz porloq ruhiga bag‘ishlangan xotira tadbirlari o‘tkazilmoqda. Samarqand viloyatida ham erta tongdan ushbu xotira tadbiri yuqori kayfiyatda boshlandi.

Dastlab islom Karimov maqbara majmuasiga viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari jam bo‘ldi.

Viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov tomonidan Birinchi Prezidentimiz xotirasiga Qur’on tilovat qilindi.

Islom Karimovning davlatimiz mustaqillikka erishishi va taraqqiyoti yo‘lida o‘z huzur-halovatidan kechib mehnat qilgani, xalqimiz farovon turmushi uchun yuksak fidoyilik ko‘rsatgani yodga olindi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Birinchi Prezidentimiz xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar e’tirof etildi.

Shundan so‘ng viloyat jamoatchiligi vakillari Registon maydoni yaqinida o‘rnatilgan Islom Karimov haykali oldida xotira tadbirini davom ettirdilar.


Xotira tadbirlari doirasida elga ehson oshi tortildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 02/09/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 910
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ochmas-xotira
Chop etilgan vaqti: 26/09/2020 16:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing