O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

NUROBODDA XAYRIYA TADBIRLARI TASHKIL QILINDI

 
 

Yurtimizdagi boshqa viloyatlar qatori Samarqand viloyatida ham saxovat tadbirlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Bugun, 11 may kuni Nurobod tumanida ham ana shunday xayriya tadbirlaridan biri tashkil qilindi.

Xususan, mazkur tumanda joylashgan “Jom ota”  jome masjidi xodimlari tashabbusi bilan homiylar jalb qilingan holda hududdagi kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan va nogironligi bor oilalarga 30 000 000 so‘mlik oziq-mahsulotlaridan iborat Ramazon tuhfalari tarqatildi.

Qolaversa, mazkur hududda joylashgan ERELL qo‘shma korxonasining homiyligida “Jom” jome masjidining jonkuyar xodimlari hamrohligida hududdagi 12 kam ta'minlangan oilalarning har biriga oziq-ovqat mahsulotlari va  bir boshdan qoramol beminnat tarzda topshirilib, ko‘ngillari baxtu-sururga to‘lishiga sababchi bo‘lindi.

Bunday xayrli tadbirlar viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida tashkil qilinmoqda. Imom domlalar ham bu oyda saxovatpesha insonlarni ehtiyojmand oilalarga yordam ko‘rsatishga targ‘ib qilib, hojatbarorlarga beriladigan ajr-u mukofotlar xushxabarini ulashgan holda berilajak ajru-savoblarga sababchi bo‘lmoqdalar insha Alloh.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 11/05/2021 18:18;   Ko‘rilganligi: 600
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/nurobodda-xayriya-tadbirlari-tashkil-qilindi
Chop etilgan vaqti: 18/04/2024 22:16
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing