Notinch oilalar isloh qilindi, bemorlar holidan xabar olindi, ehtiyojmandlarga yordam ko‘rsatildi
Chorshanba Samarqand viloyati imom xatiblari uchun aholi turmush tarzini o‘rganishga xoslangan kun hisoblanadi. Ushbu kunda imomlarimiz asosiy e’tiborlarini ehtiyojmandlarga yordam ko‘rsatish, notinch oilalarni isloh etish, bemorlar holidan xabar olish, ruhiy tushkunlikka tushganlarga dalda berish kabi ishlarga qaratadilar.
14 noyabr kuni ham imom xatiblarimiz qator xayrli ishlarni amalga oshirdilar.
50 dan oshiq xonadonga tashrif buyurilgan bo‘lib, ular orasida bemorlar, keksalar, notinch oilar, ruhiy tushkunlikka tushganlar mavjud. mazkurlarning har biriga munosib tarzda muolajalar qilindi. Notinch oilar isloh etildi.
Ehtiyojmandlarga ko‘rsatilgan moddiy yordamlar ham yarim million so‘mdan oshadi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 14/11/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1541
Chop etilgan vaqti: 04/12/2024 14:45