Nishonga urilgan gaplar: Ey nafs! Seni tenging bir nafas...
Bugunning chorasini ko‘rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.
Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi.
Abu Rayhon Beruniy
Kishini qabih va bemaza ishlarga qadam qo‘yishdan tutib turadigan va uni yaxshi xulq va ishlarga yo‘llashiga hayo deyiladi.
Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi.
Abu Ali Ibn Sino
Ey nafs! Seni tenging bir nafas...
Sayyid Abror Umar
Iloho, u aziz va faol bandalaring hurmatig‘a bizga basirat et. Eshitar quloq, anglar aql ber…
Mahmudxzja Behbudiy
Yutganing o‘zingniki, chaynaganing – gumon.
Cho‘lpon
Hammaga do‘st bo‘lgan odam hech kimga do‘st emas.
Arastu
O‘zgalar sirini oshkor etish – sotqinlik, o‘z sirini oshkor etish axmoqlikdir.
Valter
Agar osmondagi kamalak uzoqroq turib qolsa, unga qaramay qo‘yishadi.
Gyote
Manbalar asosida Saidabror Umarov tayyorladi
Kiritilgan vaqti: 02/12/2020 17:49; Ko‘rilganligi: 1131
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 19:43