Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir
Rabbimizdan berilgan barcha narsalar bizlarga omonat bo‘lganidek, molu davlatimiz ham omonatdir. Alloh bergan bu molu davlatni O‘zi buyurgan va rozi bo‘ladigan joylarga sarflashimiz darkor. Xayru ehson va sadaqa qilishda peshqadam, shuningdek barcha ezgu ishlarda imkon qadar ko‘makchi va homiy bo‘lishga harakat qilishimiz kerak.
Alloh taolo Qur'oni karimning juda ko‘p oyatlarida xayr-ehsonning savobi ko‘pligi va fazilati ulkanligi haqida marhamat qiladi. Jumladan, Oli Imron surasida shunday degan:
لَنْ تَنَالُوا الْبِرَّ حَتَّى تُنْفِقُوا مِمَّا تُحِبُّونَ وَمَا تُنْفِقُوا مِنْ شَيْءٍ فَإِنَّ اللَّهَ بِهِ عَلِيمٌ
(سورة آل عمران، الاية-92)
ya'ni: Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha sira yaxshilikka (jannatga) erisha olmaysizlar. Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir (Oli Imron surasi, 92-oyat).
Demak, kishi xayr-ehsonni ixlos bilan, savob umidida qilar ekan, oyati karimada va'da qilinganidek ulkan mukofotlarga erishadi.
Shuni aytish joizki kuni kecha 17 yanvar kuni VAQF xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat filiali raxbari A.Sultonov va Samarqand shahridagi “Murod Avliye” jome masjidi imom-xatibi Fahriddin domla Xusenovlar birgalikda xomiylarni jalb qilgan holda Samarvand shahar Nayiman MFY hamda Kimyogarlar qo‘rg‘onida istiqomat qiluvchi boquvchisini yo‘qotgan kam ta'minlangan 10 ta oilalarga oziq ovqat maxsulotlari ehson kilindi.
Alloh taolo barchamizni ehson qilguvchi, saxiy va ko‘pchilikka yordami tegadigan kimsalar qatoridan qilib, ularga va'da qilingan savob va fazilatlaridan barchamizni bahramand aylasin! Omin!
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 18/01/2021 19:09; Ko‘rilganligi: 1159
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 02:24