O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Navbatdagi sayyor yig‘ilish Pastdarg‘om tumanida bo‘lib o‘tdi

 
 

Joriy yilning 28 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari va Pastdarg‘om tumanidagi mavjud 24 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor yig‘ilish Pastdarg‘om tuman “Islom nuri” masjidida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish oldidan shahar va tuman bosh imom xatiblari Pastdarg‘om tumanidagi mavjud masjidlar faoliyati bilan tanishdilar. Yutuqlar va kamchiliklarni o‘rganib, xulosalar to‘pladilar. Shundan so‘ng, yig‘ilishning asosiy qismi boshlandi va dastlab bosh imom xatiblar tomonidan o‘rganish xulosalari o‘qib eshittirildi. O‘z navbatida Viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov tomonidan ham aniqlangan kamchiliklar aytilib, mazkur kamchiliklarni bartaraf etishga oid tavsiyalar berildi.

Shu bilan bir qatorda yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 27 yillik bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish so‘ngida qatnashchilarga bayram dasturxoni yozildi va ustoz Mustofoqul domla tomonidan duoi xayrlar qilindi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 28/08/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 969
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/navbatdagi-sayyor-yigilish-pastdargom-tumanida-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 23/09/2020 06:16
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing