O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Musofirlik oson emas

 
 

U sizlarga yerni bo‘ysundirib qo‘ygan zotdir. Bas, uning turli joylarida yuring va Uning rizqidan yeng...” (Mulk surasi, 15-oyat).

Ulamolarimiz qadimdan ushbu oyati karimaning tafsirini Islomda mehnatga chorlash, rizqni terib yeyish, yer yuzinining turli joylarida harakat qilish zarurligiga dalil qilib keltiradilar. Darhaqiqaat, Alloh taolo yerni insonga bo‘ysundirib qo‘ygan. Uning turli joylarida yurib, halol mehnat bilan rizqini terib yurishi mumkin.

Hozirgi kunda ko‘plab fuqarolarimiz o‘zga yurtlarda turli sohalarda mehnat qilmoqdalar. Payariq tumani, Aliobod mahallasida yashovchi Yo‘ldoshev Ibrohim akaning ham o‘g‘li hozir xorijda ishlamoqda. Tumndagi “Olim shayx” jome masjidi imom-xatibi Anvar Alimov Ibrohim akaning holidan xabar olib, farzandining ham ishlari, safari bilan qiziqdi. Ular o‘zaro tez-tez aloqada bo‘lib turishi ma'lum bo‘ldi. Imom-xatib suhbat jarayonida xorijda mehnat qilib yurgan farzandlining har doim ota-onasi, vatani, dini va millatiga munosib bo‘lishini, o‘zligini, oilasini unutmasligini eslatib turishi haqida gapirib o‘tdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 13/11/2019 13:12;   Ko‘rilganligi: 956
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/musofirlik-oson-emas
Chop etilgan vaqti: 19/05/2024 05:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing