O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muruvvatli qo‘llar hamisha yordamga shay

 
 

Urgut tuman “Shayx Qutbiddinxon” jome masjidi jamoatining  moddiy yordami bilan  So‘fiyon mahallasida istiqomat qiluvchi moddiy yordamga muhtoj bo‘lib turgan Safarova Gulsara opaga 1220000  (Bir million ikki yuz ming so‘m)  yordam puli berildi.

Mo‘min-musulmonlar Alloh ato qilgan mollaridan ota-onalari, qarindoshlari, qo‘ni-qo‘shnilar hamda faqir va nochorlarga xayr-ehson qilishlari talab etiladi. Zero, Alloh taolo “Allohga ibodat qilingiz va Unga hech narsani sherik qilmangiz! Ota-onalarga esa yaxshilik qilingiz! Shuningdek, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar, qarindosh qo‘shni-yu begona qo‘shni, yoningizdagi hamrohingiz, yo‘lovchi (musofir)ga va qo‘l ostingizdagi (qaram)larga ham (yaxshilik qiling)!” Albatta, Alloh kibrli va maqtanchoq kishilarni sevmaydi” (Niso surasi, 3-oyat), deb marhamat qilgan. Inshaalloh xayr-ehson qiluvchilarga Allohning O‘zi madadkor bo‘lib, ajru mukofatlar ato qiladi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 19/10/2019 15:11;   Ko‘rilganligi: 997
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/muruvvatli-qollar-hamisha-yordamga-shay
Chop etilgan vaqti: 12/05/2024 18:10
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing