O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

MUROJAAT!

 
 

Hurmatli mo‘min-musulmonlar! Insha Alloh bugun Ramazon oyining “Laylatul qadr” kechasi. Barchamiz bu kechani o‘z xonadonlarimizda oila a'zolarimiz bilan o‘tkazamiz.
Ma'lumki, ushbu sinovli kunlarning talablariga hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari kengashining qarorlariga rioya etishimiz zarur. Zero, itoatkorligimiz uzimizning va yaqinlarimizning hayotlarini asrab qolishimizga asos bo‘ladi.

Shuningdek, onlayn xatmi Qur'onlarning yakuni va xatmona duosi bugun ya'ni, 2020 yil 19 may (Qadr kechasi) kuni soat 22:15 da jonli efirda uzatiladi. Xatmona tadbiri internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn namoyish etiladi. Shuningdek, ushbu tadbir “Uzreport” telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri, qolgan kanallarda esa yozib olingan holda efirga beriladi.
Mana shunday xatmi Qur'onlar fayzu barakasidan butun dunyoga, xususan, yurtimizga qut-baraka insin, baloyu ofatlar daf bo‘lsin, deb iltijolar qilamiz.

                                                                                                    O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 19/05/2020 15:56;   Ko‘rilganligi: 1039
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/murojaat
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 03:36
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing