Muftiy hazratlarining Xorazm viloyatiga tashriflari boshlandi
Bugun, 12 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov diniy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga tashrif buyurdilar.
Safar davomida Urganch shahridagi “Imom Faxriddin ar-Roziy” o‘rta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurish, aholi bilan uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazish, viloyatda istiqomat qilayotgan boquvchisini yo‘qotgan, kam ta'minlangan oila xonadonlaridan xabar olish, shuningdek, viloyat imom-xatiblari bilan sohada bo‘layotgan o‘zgarishlar, diniy-ma'rifiy yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida davra suhbati o‘tkazish rejalashtirilgan.
Safar jarayonlarini saytimizda kuzatib boring.
Manba:O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborat xizmati
Kiritilgan vaqti: 12/03/2020 15:40; Ko‘rilganligi: 993
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 10:29