Muftiy hazratlari “Domla Kamoliddin” jome masjidida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdilar
Imom Moturidiy hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanda ishtirok etgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Samarqand shahridagi “Domla Kamoliddin” jome masjidida bo‘lib, bu joyda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdilar. Masjidda namozxonlar uchun yanada qulay sharoit barpo etish maqsadida qo‘shimcha yangi bino qurilmoqda. Muftiy hazratlari olib borilayotgan ishlar ko‘lami bilan tanishar ekan, o‘zlarining zaruriy ko‘rsatma va tavsiyalarini berib, masjid binosining qad rostlashida o‘z hissalarini qo‘shayotgan mo‘min-musulmonlar, tashkilotchi hamda ustolarning haqlariga duo qildilar. Inshalloh, qisqa muddatlarda “Domla Kamoliddin” jome masjidining yangi binosini namozxonlarga taqdim etish tadbirida muftiy hazratlarining ishtirok etib, duoi xayrlar qilishini Yaratgandan so‘rab qolamiz.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati
Kiritilgan vaqti: 04/03/2020 14:30; Ko‘rilganligi: 1112
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 10:27