Moskvada yirik Qur’on bayramini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
21 oktyabr kuni Moskvadagi Crocus City Hall konsert zalida yirik Qur’on bayrami o‘tkaziladi. U XIX xalqaro Qur’on qorilari musobaqasining final bosqichi bo‘ladi, deya xabar berdi Islam-today nashri.
Tadbirning rasmiy saytidagi ma’lumotga ko‘ra, uning tashkilotchisi Rossiya DUM va Rossiya muftiylar kengashidir. Musobaqaning final bosqichida butun dunyodan 30 nafardan ortiq qorilar qatnashadi.
Shuningdek bayram mehmonlari turli ijodiy jamoalar chiqishlarini, turli mahorat darslarini, ko‘rgazmalarni, trening va bolalar shaharchalarini tomosha qilishlari mumkin.
Manba: "azon.uz"
Kiritilgan vaqti: 06/10/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1552
Chop etilgan vaqti: 04/10/2024 16:44