O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

MODDIY KO‘MAK KO‘RSATILDI

 
 

Joriy yilning 23 yanvar kuni Imom Buxoriy jome masjidi tomonidan Payariq tuman Xo‘ja Ismoil mahallasida istiqomat qiluvchi 10 ta va Zarafshon mahallasida yashovchi 5 ta, hammasi bo‘lib 15 ta kam ta’minlangan oilalar, keksa otaxon va onaxonlar hamda nogironlarga moddiy ko‘mak ishlari ko‘rsatildi.

Imom xatib Z.Eshonqulov masjid xodimlari bilan birgalikda xonadonlarga kirib oziq-ovqat mahsulotlarini ulashish bilan bir qatorda, ularning holidan boxabar bo‘lib, ko‘ngil so‘radi. E’tibordan mamnun mahalla ahli masjid imom xatibi va xodimlariga o‘zlarining minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Imom Buxoriy jome masjidi tomonidan qilinayotgan bu xayrli ishlar “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirilayotgan jarayonning o‘zviy bo‘lagidir.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 24/01/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 3293
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/moddiy-komak-korsatildi
Chop etilgan vaqti: 07/10/2024 10:59
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing