O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Mehrimizdan bahramand bo‘ling!

 
 

Kattaqo‘rg‘on tuman “Qalandarxona” jome masjidi jamoasi ajib bir saxovat ishiga qo‘l urdilar. Gap shundaki, jamoa tuman markaziy bozorida o‘ziga xos savdo rastasi tashkil etdilar. Uni “Mehr-muruvvat rastasi” deya nomlab, xolis, Allohning roziligi uchun, riyodan xoli tarzda oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘latib qo‘ydilar. "Ehtiyojmand, yo‘qsil kimsalar bu rastadagi oziq-ovqat mahsulotlarini ehtiyojlariga yarasha olishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun hech kimga hech qanday to‘lov qilishlari shart emas. Shu bilan birga ushbu rastlarga  saxovatli kishilar mahsulot qo‘yishlari mumkin", dedi tuman bosh imom-xatibi X.Shomurodov.

Demak, bor beradi, muhtojlar oladi. Ehsonning bu ko‘rinishi riyo yoki minnatdan xoli bo‘ladi, inshaalloh. Dunyo va uning matohlariga berilgan, oxiratni unutib, o‘z nafsi, jig‘ildonini harom luqma bilan to‘ldirayotgan, xayru saxovatni unutgan ayrim shaxslarga bu ishlar o‘rnak bo‘lsa ajabmas. Ushbu saxovat ishiga hissa qo‘shayotgan barcha muruvvatli insonlarning ajrini Alloh taolo ziyoda qilsin.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 06/03/2020 18:21;   Ko‘rilganligi: 824
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/mehrimizdan-bahramand-boling
Chop etilgan vaqti: 19/05/2024 05:12
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing