O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

«Mehr-5» operatsiyasi doirasida olib kelingan samarqandliklarni kutub olindi

 
 

Muqaddas islom dinimiz insonlarni kechirimli bo‘lishga targ‘ib qiladi. Chunki kechirimli bo‘lishda insonlar uchun ko‘p manfaatlar bor. Avvalo, Kechirgan inson o‘zini yengil tortib, Allohdan bo‘ladigan ajrga loyiq bo‘lsa, kechirilgan inson esa kechirguchiga nisbatan bo‘lgan adovati ketib, qalbida unga nisbatan iliqlik va mehr paydo bo‘ladi.
Shu o‘rinda aytish joizki, davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan «Mehr-5» operatsiyasi doirasida 93 nafar O‘zbekistonlik — 24 nafar ayol va 69 nafar bolalar Suriyadan Toshkentga olib kelingan edi.
Kuni kecha, 4 iyun kuni mazkur fuqarolarning orasida Samarqand viloyatida yashovchi fuqarolar viloyatimizga olib kelindi. Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov ushbu fuqarolarni kutib olish jarayonida ishtirok etdi va ularni tinch, osmoni musaffo yurtimizga omonlikda yetib kelgani munosabati bilan muborakbod etdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 05/06/2021 08:44;   Ko‘rilganligi: 589
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/mehr-5-operatsiyasi-doirasida-olib-kelingan-samarqandliklarni-kutub-olindi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 13:26
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing