MAVLIDI SHARIF TADBIRI
Bugun Imom Buxoriy xalqaro markazida Hadis ilmi va Kalom ilmi maktabi ustoz va talabalari hamda Markaz ilmiy xodimlari ishtirokida Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vasallam tavallud kunlariga bag‘ishlangan “Mavludi sharif” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘MI Samarqand viloyat bosh imom xatibi Z. Eshonqulov ham ishtirok etdi.
Tadbirda Markaz xodimlari tomonidan Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vasallamning siyratlari haqida so‘z yuritildi, hadislardan namunalar keltirilib, “Daloilu-l-xoyrot” hamda Imom Barzanjiyning “Mavludi sharif” kitobidan salavotlar aytildi.
Tadbir so‘ngida Hadis ilmi va Kalom ilmi maktabi talabalari tomonidan Qur’oni karimning xatmi Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vasallam, u zotning as’hoblari, yurtimizdan yetishib chiqqan allomalar, xususan, Markazning tashkil etilishiga sababchi va bosh bo‘lgan Birinchi Prezidentimiz I. Karimovga bag‘ishlanib, hozirgi kunda muqaddas dinimiz rivojiga xizmat qilayotgan, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligiga rahnamo bo‘layotgan Prezidentimiz Sh. Mirziyoev, O‘MI raisi U. Alimov haqlariga duoi-xayrlar qilindi.
Tadbirdan so‘ng tadbir ishtirokchilariga ehson dasturxoni yozildi.
manba: "www.bukhari.uz"
Kiritilgan vaqti: 29/11/2017 00:00; Ko‘rilganligi: 2062
Chop etilgan vaqti: 14/12/2024 12:33