O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Mas’uliyatimiz hamisha yuqori

 
 

1 noyabr kuni imom xatiblarimiz faoliyatining bir qismi hisoblangan “ma’naviyat soati”ning navbatdagi mashg‘ulotlari viloyat bo‘ylab olib borildi. Mashg‘ulotlarda shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar va tuman bo‘limi rahbarlari tomonidan Odam savdosiga qarshi kurashish, bu borada imom xatiblar oldida turgan vazifalar mazmun-mohiyati, uni amaliyotga tadbiq etishga oid ma’ruzalar qilindi. Bu boradagi tavsiyalar, ko‘rsatmalar berildi.

Ma’lumki, yurtimizda barcha sohadagi kadrlarni zamon talabiga javob beradigan, malakali, serqirra qilib tayyorlashga juda katta e’tibor berilmoqda. Shular jumlasida diniy soha vakillari – imom xatib va imom noiblarni ham ma’naviy boyligini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, zamon bilan hamnafas faoliyat ko‘rsatishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Binobarin, imom-xatiblarimiz har kuni diniy bilimlarini ziyoda qilish harakatida bo‘lish bilan birga dunyoda ro‘y berayotgan har qanday voqea va hodisalardan xabardor bo‘lishlari masjid qavmi bilan muloqat qilganda ularning barcha diniy savollariga asosli javob beraolishlari talab etiladi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 01/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1365
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/masuliyatimiz-hamisha-yuqori
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 14:41
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing