“Markaziy osiyo umumiy uyimiz!” mavzusida xalqaro konferensiya ishtirokchilari Samarqandda
Toshkent shahrida Bag‘rikenglik haftaligi doirasida "Markaziy Osiyo - bizning umumiy uyimiz!" xalqaro anjumani bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bor. Tadbir davomida Markaziy Osiyo davlatlari ekspertlari Toshkentda millatlararo aloqalar hamda madaniy-gumanitar loyihalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Forumda chet el diplomatlari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakillari, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari, shuningdek, millatlararo munosabatlar sohasidagi ekspertlar va chet eldagi o‘zbek milliy madaniy markazlari rahbarlari ishtirok etdi.
Bugun, 16 noyabr kuni anjuman qatnashchilari Samarqandga tashrif buyurdilar. Mehmonlar Samarqandning tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolarni ziyorat qilmoqdalar. Delegatsiya a'zolari o‘z ziyoratlarini Imom Buxoriy majmuasidan boshladilar. Ular dastlab, Imom Buxoriy hazratlarining ravzalarini ziyorat qildilar. Shundan so‘ng Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi va hadis maktabi faoliyati bilan ham tanishuv bo‘lib o‘tdi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 16/11/2019 16:32; Ko‘rilganligi: 1409
Chop etilgan vaqti: 14/09/2024 20:31