O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Mamlakatimiz ulamolaridan iborat targ‘ibot guruhi a'zolarining Samarqand viloyatiga tashrifi davom etmoqda

 
 

Kuni kecha O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari I.Inomov viloyatning Urgut tumanida bo‘lib, tumandagi “Mulla Bobomurod” jome' masjidini borib ko‘rdi. Mehmon masjid faoliyati bilan yaqindan tanishib, jamoat oldida ijtimoiy odob me'yorlari to‘g‘risida ma'ruza qildi. Peshin namozini jamoat bilan ado etgach, tumandagi kam ta'minlangan oilalar xonadonlariga borib, ehson ulashdi.
Shundan so‘ng ulamo tumanda o‘tkazilayotgan xatna to‘y marosimlaridan birida ishtirok etdi. Marosimda mehmon so‘zga chiqib, tinch zamonamizning shukronasini keltirdi va to‘y sohiblarini muborakbod etdi.

Tashriflar davom etmoqda...

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 24/07/2021 09:24;   Ko‘rilganligi: 487
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/mamlakatimiz-ulamolaridan-iborat-targibot-guruhi-azolarining-samarqand-viloyatiga-tashrifi-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 16:27
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing