O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Malayziyalik mehmonlar Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

 
 

Yurtimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Malayziya Bosh vazirining maxsus vakili, Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muhammad Yahyo boshchiligidagi delegatsiya bugun Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Mehmonlar Samarqanddagi ziyoratini Imom al-Buxoriy majmuasidan boshladilar. U joyda dastlab, muhaddislar sultoni Imom Buxoriy hazratlarining ravzalari ziyorat qilindi. Shundan so‘ng mehmonlar Imom Buxoriy Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va hadis ilmi maktabi faoliyati bilan tanishdi.  Mehmonlarning ziyorati davomida ularga Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov va Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi boshqaruv kengashining raisi D.Ermamatovlar hamrohlik qildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 19/10/2019 14:41;   Ko‘rilganligi: 1090
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/malayziyalik-mehmonlar-imom-buxoriy-maqbarasini-ziyorat-qildi
Chop etilgan vaqti: 14/05/2024 01:12
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing