O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Makka shahrida o‘tkazilgan tadbirda vakillarimiz ishtirok etdi

 
 

Turkiyaning “Diyonat ishlari boshqarmasi” tomonidan 13 avgust kuni Makka shahrida“Qurbon hayiti” munosabati bilan anjuman o‘tkazildi. Unda yigirmadan ziyod davlatlarning Haj ishlari bo‘yicha vakillari ishtirok etdi.

Ushbu anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Haj ishlari bo‘yicha ishchi hay'ati nomidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari O‘tkir Hasanboyev va O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyatidagi vakili Zayniddin Eshonqulov qatnashdi.

Anjumanda so‘zga chiqqan Turkiya Din ishlar bo‘yicha boshqarmasi rahbari, professor Ali Erbosh Haj ishlari bo‘yicha jamoa rahbarlari va xodimlarini ziyorat hamda bayram bilan tabriklab, “bu yerga kelishimizdan maqsad, ulug‘ ibodat uchun kelgan ziyoratchilarga xizmat qilish va ularning ibodatlarini mukammal bo‘lishiga o‘z hissamizni qo‘shishdir”, dedi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil mamlakatmizdan 7200 nafar kishi Haj ibodatlarini ado etmoqdalar. Ziyoratchilarga mavsum davomida o‘zbekistonlik 35 nafardan iborat ishchi guruhi, 140 nafar guruh rahbari, 35 nafar shifokor va 15 nafar oshpaz xizmat ko‘rsatayapdi. Kecha, 13 avgust kuni yurtimiz hojilari haj amallarini mukammal ado etib, Mino vodiysidan mehmonxonaga eson-omon qaytdilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 14/08/2019 15:44;   Ko‘rilganligi: 1116
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/makka-shahrida-otkazilgan-tadbirda-vakillarimiz-ishtirok-etdi
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 11:05
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing