O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Madrasalarda o‘tkazilgan test sinovlari natijalari e'lon qilindi

 
 

Barchamizga ma'lumki pandemiya munosabati bilan mamlakatimizdagi barcha oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul imtihonlarini ochiq maydonlarda o‘tkazildi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan joylarga karantin talablariga qat'iy amal qilgan holda tibbiy niqop va qo‘lqop bilan antiseptik vositalardan foydalangan holda kiritildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta'lim muassasalarining qabul imtihonlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkazildi. Test sinovlarining shaffof, ochiq va oshkora o‘tkazilishini ta'minlash maqsadida qabul imtihonlari o‘tkaziladigan joylar kuzatuv kameralari bilan jihozlanib, Davlat test markazi jalb qilgan kuzatuvchilar tomonidan nazorat qilib borildi.

O‘rta maxsus islom ta'lim muassasalari bo‘yicha 2020-2021 o‘quv yili uchun 2020 yil 16-17 sentyabr kunlari o‘tkazilgan test sinovlari natijalari 2020 yil 25 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining @mandat_muslim_uz_bot telegram boti orqali e'lon qilinadi.

Abituriyentlar mazkur botda shaxsiy DTM maxsus kodini kiritish orqali o‘zining test sinovi natijalari bilishlari mumkin.

 

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Ta'lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi


Kiritilgan vaqti: 26/09/2020 09:50;   Ko‘rilganligi: 751
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/madrasalarda-otkazilgan-test-sinovlari-natijalari-elon-qilindi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 09:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing