Ko‘rikdan o‘tkazish davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, imom-xatib va imom noiblarining qiroatini ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha boshlangan ishlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.
6-7 fevral kunlari Payariq, Oqdaryo, Ishtixon va Qo‘shrabot tumani imom xatib va imom noiblarining qiroati maxsus hay’at tomonidan o‘rganilib chiqildi.
Ta’kidlash lozimki, ushbu ko‘rik ishlari 2017 yilning 18 dekabrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining navbatdagi kengaytirilgan majlisi qarori bandlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
Qarorga ko‘ra sinovdan yaxshi o‘tolmagan imomlar uchun tajvid qoidalari bo‘yicha haftalik seminar tashkil etiladi.
Oldinroq Samarqand shahri hamda Samarqand tumani imom xatiblari va imom noiblari qiroati ko‘rikdan o‘tkazilgan edi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 08/02/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 2029
Chop etilgan vaqti: 07/10/2024 10:05