O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ko‘ngillar shod etildi

 
 

Yurtimizda aholining ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy himoyalash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, joriy yilning mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili deb nomlanishi va shu asosda ishlab chiqilgan Davlat dasturining hayotga izchil tatbiq etilgani bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qildi. Xususan, Yangi yil bayrami arafasida kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalarga bayram sovg‘alari tarqatilmoqda.

25 dekabr kuni Samarqand shahar Panjob jome masjidi imom xatibi Botirali Rizayev homiylar ko‘magida ana shunday xayrli ishlarni amalga oshirdi. Masjid atrofidagi 12ta mahallada istiqomat qilayotgan 50 ta kam ta’minlangan xonadonga kirib oziq-ovqatdan iborat bayram sovg‘alarini ulashdi.

Aslida insonga xursandchilik ulashish — savob yumush. Buning uchun katta kuch, ko‘p mehnat talab qilinmaydi. Birgina e’tibor, shirin so‘z, mehr-muruvvat dilni obod etadi. Bundan bahramand bo‘lgan kishining kayfiyati ko‘tarilib, ertangi kunga ishonchi yanada ortadi. Kam ta’minlangan oilalar hamda bemorlar, yordamga muhtojlar holidan xabar olinib, bayram sovg‘alari tarqatilishi jarayonida bu fikrning qanchalik asosli ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildik.

Abdug‘ani Hasanov


Kiritilgan vaqti: 25/12/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1319
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/kongillar-shod-etildi
Chop etilgan vaqti: 02/10/2020 04:03
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing