O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Juma kunida nimalar bo‘ldi?

 
 

2 noyabr, muborak juma kuni. Bu kunda viloyat musulmonlari idorasi va imom-xatiblar faoliyati quyidagi ahamiyatli holatlar kuzatildi:

- 2018 yilgi haj mavsumiga borib qaytgan Hoji ota va hoji onalar bilan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu gal uchrashuv Narpay va Paxtachi tumani hojilari bilan tashkil etildi. Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash ishlarida hoji ota va hoji onalarning rolini oshirish, ularning xalq orasida alohida hurmatga sazovor ekanligini e’iborga olgan holda kishilar ma’naviyatini yuksaltirish va ijtimoiy illatlarga qarshi kurashish ishlariga keng jalb qilish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvlar oktyabr oyi boshidan beri davom etib kelyapti.

- Viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov chekka tumanlardan hisoblangan Narpay tumani markaziy masjidi “Naqshbandiy” jome masjidida juma namozini ado etib berdi.

- O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan otinoyilar mas’uliyatini oshirib borish, qilinishi lozim bo‘lgan ishlar va vazifalarni aniq belgilash maqsadida vakillik binosida Samarqand shahri otinoyilari bilan “Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash va diniy vaziyatni sog‘lomlashtirishda otinoyilarning o‘rni va rolini oshirish mavzusida” navbatdagi uchrashuvlar o‘tkazildi.

- Samarqand davlat arxetiktura va qurilish institutida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar “Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi, Vazirlar mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida tashkil etilgan tadbirda bosh imom xatibi o‘rinbosari Yo.Mansurov ma’ruza bilan ishtirok etdi.

- 274 ta jome masjidda juma namozi ado etildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilli


Kiritilgan vaqti: 03/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1524
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/juma-kunida-nimalar-boldi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 02:30
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing