O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Joylarga tashrif davom etmoqda...

 
 

Bugun, 27 avgust erta tongdan Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Urgut tumanida joylashgan, yaqinda milliy va zamonaviy me'morchilik an'analariga to‘la mos qurib bitkazilgan  “Chubin” jome masjidining yangi binosiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida viloyat bosh imom-xatibi bu dargohda olib borilgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Masjid binosida hamda tahoratxonada namozxonlar uchun yaratilgan go‘zal shart-sharoitlar odamning ko‘zini quvontiradi albatta. Viloyatimizda ana shunday zamonaviy va go‘zal masjidlarning qurilishi namozxonlar ko‘ngliga xushnudlik olib kelmoqda. Shundan so‘ng, viloyat bosh imom-xatibi bu dargohning gzal qiyofaga kelishiga sababchi hamda bosh bo‘lganlarning haqlariga duoi-xayrlar qildi.

Tashrif Pastdarg‘om tumanida davom etdi. Avvalo, Zayniddin domla Eshonqulov Pastdarg‘om tumani bosh imom-xatibi Ozod domla Nazarov bilan birgalikda ushbu tumanda joylashgan “Salim ota” jome masjidiga tashrif buyurdi. Mazkur masjidda namozxonlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi hamda masjidni yanada obod qilish, namozxonlar uchun yanada qulayliklar yaratish borasida o‘zining kerakli tavsiyalarinim berdi. Shundan so‘ng, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov yaqinda yangi ta'mirdan chiqarilgan “Sohib Oxun” jome masjidiga tashrif buyurdi hamda ushbu masjidda jamoat bilan Peshin namozini ado etib, namozxonlar va barcha mo‘min-musulmonlar haqqiga duolar qildilar... Safar davom etmoqda...

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 27/08/2020 15:31;   Ko‘rilganligi: 1140
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/joylarga-tashrif-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 02:00
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing