“Jo‘sh ota” jome masjidida Juma ibodati ado etildi
Bugun, 4 dekabr' kuni viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov viloyatimizning olis Qo‘shrabot tumanidagi chekka hududda joylashgan, joriy yil boshida binosi to‘liq rekonstruksiyadan chiqarilgan “Jo‘sh ota” jome masjidiga tashrif buyurdi. Mazkur masjid jamoasi va namozxonlar bilan muloqot qilindi.
Juma namozi ado etilgach, ushbu masjidning obod bo‘lishi yo‘lida beminnat xizmat qilgan barcha-barchaga ajru savobini ko‘paytirib berishini va bu masjid qiyomatgacha namozxonlar uchun ibodat maskani bo‘lishini Allohdan so‘rab Zayniddin domla ko‘pdan-ko‘p duolar qildilar.
Shundan so‘ng, masjidni qish mavsumiga tayyorgarlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi hamda namozxonlarga yanada qulayliklar yaratish yuzasidan o‘zining kerakli tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.
O‘MI Samrqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 04/12/2020 16:42; Ko‘rilganligi: 1162
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 05:18