JONNING BAHOSI ARZON EMAS
Ming afsuslar bo‘lsinki, bugungi kunda o‘z joniga qasd qilish holatlari jamiyat orasida bot-bot kuzatilmoqda. Ushbu mudhish holatning ro‘y berishi sabablari turlicha bo‘lsada, ularning tub mohiyati bitta narsaga-umr deb atalmish ne’matning nima sababdan insonga berilishini anglab yetmaslikdadir. Shuning uchun jonning bahosi arzonlashib bormoqda.
13 noyabr kuni Samarqand shahridagi 43 umumta’lim maktabda yoshlarni ogoh etish, qabih holatdan ularni himoya qilishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Murod Avliyo” jome masjidi imom xatibi F.Husenov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Tadbirda o‘z joniga qasd qilish sabablari, yechimlar haqida so‘z yuritildi. Asosiy muammolarimizdan biri ruhiy tushkunlikka berilish, atrofdagilarning o‘z vaqtida e’tibor bermasligi, beparvolik, uni qiynayotgan, javobini topa olmayotgan masala yechimini hal qilinmasligi ekani tushuntirildi.
O‘quvchilarga bu illatga zinhor yaqinmaslik oyat va hadislar, hayotiy misollar asosida uqtirildi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 13/11/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1489
Chop etilgan vaqti: 03/12/2024 01:26