O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Jomboy tuman ishchi guruhi axoli bilan uchrashdi

 
 

 Jomboy tumani bosh imom xatibi Nurbek Xidirov Ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish  ishchi guruhi bilan Ahmadjon Qurbonov mahallasida bo‘lib, aholi bilan uchrashdi. Tadbir "Hududlarda Ijtimoiy- ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, kiyinish madaniyati, diniy maraka va marosimlarni o‘tkazishda diniy soha vakillari va mahalla xodimlarining hamkorligi" to‘g‘risida o‘tkazildi.

Yig‘ilishni Jomboy tuman bosh imom xatibi N.Xidirov olib bordi. Unda o‘tgan davr mobaynida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil etilib, kun tartibidagi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdi hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdi. Mazkur yig‘ilish jonli muloqot tarzida o‘tib, yig‘ilish qatnashchilari o‘zlarining savollariga batafsil javob oldilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 26/11/2019 15:14;   Ko‘rilganligi: 952
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/jomboy-tuman-ishchi-guruhi-axoli-bilan-uchrashdi
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 22:44
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing