JIZZAXDA SAYYOR YIG‘ILISH
Joriy yilning 13 fevral kuni Jizzax viloyat Zomin tumanida joylashgan “Ma’rifatli” jome masjidida O‘zbeksiton musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari boshchiligida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbeksiton musulmonlari idorasining masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov, “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Iskandar Xalilov va O‘MIning joylardagi vakillari qatnashdi. Yig‘ilishda viloyatdagi vakillarning joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi. Muftiy hazratlari diniy xodimlarning oldida turgan vazifalar, Yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, diniy islohotlar haqida gapirib o‘tdilar. Shundan so‘ng peshin namoziga yig‘ilgan jamoat bilan dildan suhbat uyushtirildi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 13/02/2019 00:00; Ko‘rilganligi: 1237
Chop etilgan vaqti: 17/01/2025 10:13