Urgut tumanida aholi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Urgut tuman 31-son musiqa maktabida 200 kishidan iborat aholi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tumanning huquq-tartibot tashkilotlari rahbarlari qatnashgan ushbu yig‘ilishda sinov muddatida bo‘lgan shaxslarni qayta jinoyat qilmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Unda tuman bosh imom xatibi Shodi domla Haqberdiyev hayotda shukronalik bilan yashash, farzandlar tarbiyasiga e'tibor berish masalalarida oyat va hadislar bilan misol keltirib, tegishli maslahatlarni berdi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 19/12/2019 15:37; Ko‘rilganligi: 926
Chop etilgan vaqti: 11/09/2024 08:57